Ism masalasi

Assalomu alaykum! In shaa Alloh yaqinda farzandlik bo‘laman. Agar farzandim o‘g‘il bo‘lsa «Mikoil» deb ism qo‘ysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday ism qo‘yishdan shariat man qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Anbiyolarning ismlari ila nomlaninglar, lekin farishtalar ismi bilan nomlanmanglar” deganlar. Sahoba roziyallohu anhumlardan tortib shu kungacha biror olim bunday ism bilan nomlanmagan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar