Tush ta’biri

Assalamu alaykum! Tush ta’birini kimga aytish to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abu Razin roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Tush ta’bir qilinmasidan avval qushning oyog‘ida(osilib turgan)dek bo‘ladi. Ta’bir qilingach voqe’ bo‘ladi” dedilar. (Termiziy rivoyati).
Tushlar ta’biri ham bir ilm bo‘lib, mo‘jiza tariqasida uni Yusuf alayhissalomga berilgan. Tushni farosatli, tush ko‘rguvchiga mehribon, hamma narsani yaxshilik tomonini ko‘ra oluvchi kishiga aytish kerak. Tushni ta’birini aytish ilmidan xabardor bo‘lmagan kishiga umuman aytmaslik kerak. Vallohu a’lam.
20 Aprel 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 91 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar