Zakaotga o‘tadimi
Assalomu alaykum! Ustozlar, man bozorda erkaklar oyoq kiyimini sotish bilan shug‘ullanaman. Savolim shuki sotilmay qolgan qishki oyoq kiyimlarimdan ro‘za oyida zakot uchun etimxonalarga bersam shu qilgan amalim zakot o‘rnida o‘tadimi? Alooh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar yaroqli buyum bo‘lib, xaridorgir bo‘lsa, joiz. Ammo unday bo‘lmasa, sizni zakotingiz Odam alayhissalomning Qobil bilan Xobil ikkisiga qurbonlik qilish buyurilganda molini eng o‘tmaslarini ajratgan Qobilnikiga o‘xshab qolmasmikin. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi: وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ابْنَيْ آدَمَ بِالْحَقِّ إِذْ قَرَّبَا قُرْبَانًا فَتُقُبِّلَ مِن أَحَدِهِمَا وَلَمْ يُتَقَبَّلْ مِنَ الآخَرِ 27. Ularga Odamning ikki o‘g‘li xabarini haq ila tilovat qilib ber. O‘shanda ikkovlari qurbonlik qildilar, bas, birlaridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi.
“Oli Imron” surasida: لَن تَنَالُواْ الْبِرَّ حَتَّى تُنفِقُواْ مِمَّا تُحِبُّونَ وَمَا تُنفِقُواْ مِن شَيْءٍ فَإِنَّ اللّهَ بِهِ عَلِيمٌ 92. O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz. Nimaiki nafaqa qilsangiz, albatta, Alloh uni o‘ta biluvchidir.
Musulmonlar bu ma’noni to‘liq tushungan zamonlarda yaxshilikka erishish uchun o‘zlarining eng yaxshi, suyukli mollarini nafaqa qilib, ulug‘ darajalarga erishganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi rivoyat qiladilarki, Anas ibn Molik roziyallohu anhu:
«Abu Tolha Madinadagi ansoriylar ichida eng boy odam edi. Molu mulkining ichida «Haa» nomli quduq eng mahbubi edi. Bu quduq masjidning to‘g‘risida edi. Payg‘ambar alayhissolatu vassalom u quduqqa borib, uning shirin suvidan ichar edilar. «O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz» oyati nozil bo‘lganda, Abu Tolha:
– Ey Allohning Rasuli, Alloh «O‘zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka erisha olmassiz», – demoqda. Molu mulkim ichida men uchun eng mahbubi «Haa» qudug‘idir. Uni Allohning yo‘lida sadaqa qildim. Uning yaxshiligidan va Allohning huzuridagi savobidan umidvorman. Ey Allohning Rasuli, shuni sizga berdim, Alloh ko‘rsatgan joyga ishlating, – dedi. Nabiy alayhissalom:
– Yaxshi, yaxshi, bu foyda beruvchi mulk, bu foyda beruvchi mulk. Men uni qarindoshlaring foydasiga ishlatsang deyman, – dedilar. Abu Tolha:
– Xuddi shunday qilaman, ey Allohning Rasuli, – dedi. So‘ngra Abu Tolha uni qarindoshlari va amakisining o‘g‘illari foydasiga tayin qildi».
Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, Hazrati Umar:
– Ey Allohning Rasuli, mening Xaybardagi ulushimdan ko‘ra yaxshiroq narsam yo‘q. Nima qilishga buyurasiz? – dedilar. U zoti bobarakot:
– Aslini ushlab turgin-da, tushgan foydani sadaqa qilib tur, – dedilar.
Musulmonlar asrlar davomida Allohning roziligini tilab, yaxshi ko‘rgan molu mulklarini nafaqa qilib kelganlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 165 | Zakot