El chiqqandek bo‘lishi

Assalomu alaykum! Abbod ibn Tamim roziyallohu anhu amakisidan rivoyat qiladi. “Amakisi Rasululloh solallohu alayhi vasallamga namozida bir narsani topkanday bo‘ladigan kishining shikoyatini etkazdi. Shunda u zot: “To ovozni eshitmagunicha yoki hidni topmagunicha namozdan chiqmasin!” dedilar”. Fuqaholar ushbu hadisdan “Aniq narsa shubha ila ketmaydi” degan qoidani olganlar. Ustoz shu xadis faqat namozdagi xolat uchun aytilganmi yoki namozdan tashqari taxoratli paytlarda xam ozgina el chiqqanga o‘xshasa lekin ovozi va xidi sezilmagan paytlarda yuqoridagi xadisdan javob olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Javob olsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 190 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar