Taloqqa qasam

Assalomu alaykum! Bir inson biror ayb ishni haqiqatan qilgan bo‘lsa, lekin odamlarni jazolashidan qo‘rqib, masalan o‘g‘irlik qilgan, lekin qilmadim deyapdi. Shunda biron kishi “gaping rost bo‘lsa xotinim talok bo‘lsin” deb qasam ich desa va u qasam ichsa taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘g‘irlik qilgan bo‘lsa keyin qasam ichsa, taloq tushadi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkdan qasam haqida ma’lumot olasiz. https://fiqh.uz/maqola/791

26 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar