Namozdagi ust-bosh xaqida

Assalomu alaykum! Namozni uyda yolg‘iz bo‘lganda ich kiyim(kolson)da o‘qish joizmi? Bunda avratlar to‘liq yopiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kiyim namozga yaroqli bo‘lishi uchun bir necha vojiblari bor.
1). Badanini rangini ko‘rsatib turadigan darajada yupqa bo‘lmasligi.
2). Badanini sifatlab beradigan darajada tor bo‘lmasligi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صِنْفَانِ مِنْ أَهْلِ النَّارِ لَمْ أَرَهُمَا: قَوْمٌ مَعَهُمْ سِيَاطٌ كَأَذْنَابِ الْبَقَرِ يَضْرِبُونَ بِهَا النَّاسَ، وَنِسَاءٌ كَاسِيَاتٌ عَارِيَاتٌ مُمِيلَاتٌ مَائِلَاتٌ رُءُوسُهُنَّ كَأَسْنِمَةِ الْبُخْتِ الْمَائِلَةِ، لَا يَدْخُلْنَ الْجَنَّةَ وَلَا يَجِدْنَ رِيحَهَا، وَإِنَّ رِيحَهَا لَيُوجَدُ مِنْ مَسِيرَةِ كَذَا وَكَذَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ahli do‘zaxdan ikki toifasini ko‘rmadim: Bir qavmiki, qo‘llarida sigirning dumiga o‘xshash qamchilari boru ular ila odamlarni ururlar. Bir ayollariki, ular kiyimli yalang‘ochlar, yo‘ldan ozdiruvchilar, yo‘ldan ozuvchilar. Boshlari xuddi tuyaning qiyshaygan o‘rkachiga o‘xshaydi. Ular jannatga kirmaslar va uning hidini ham topmaslar. Albatta, uning hidi buncha va buncha masofadan kelib turur», dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
3). Boshqa din vakillarini diniy libosi bo‘lmasligi.
4). Shuningdek fosiq fojiralarni urfda kiyadigan kiyimlari bo‘lmasligi. Ayollarga odatda erkaklar kiyadigan kiyimni kiymasligi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلَ يَلْبَسُ لِبْسَةَ الْمَرْأَةِ، وَالْمَرْأَةَ تَلْبَسُ لِبْسَةَ الرَّجُلِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَلِأَبِي دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيِّ: مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘xshab libos kiygan erkakni va erkaklarga o‘xshab libos kiygan ayolni la’natladilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Abu Dovud va Tabaroniy qilgan rivoyatda:
«Kim bir qavmga taqlid qilsa, u o‘shalardandir», deyilgan.
5). Avratini berkitadigan darajada bo‘lishligidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar