Savol berishni o‘rganaylik
Assalomu alaykum! Avvalam bor siz Aziz ustozlarga Fayzli shayximizning sharafli ishlarini davom ettirayotganlaringiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Ba’zigi takroriy yoki juda ham saviyasiz savollarni o‘qib odamni jahli chiqar ekan. Masalan “plastikni %ga pul qilish to‘g‘risida. Axir % qo‘shildimi sudxo‘rlik bo‘lishi ayonku. Yana aynan shunday savollarni qidirish xizmatidan foydalanib javob olsa bo‘ladi, lekin biz yozamiz! Axir bu narsa ahli ilmlarning vaqtini olish emasmi, azizlar!? Aslida o‘zimiz o‘qib o‘rgansak nur ustiga alo nur. Shayx Hazratlari bu uchun tuganmas ilm meros qoldirib ketdilar. Oldin savolimiz javobini ishonchli manbaa (kitoblar)dan o‘zimiz izlaylik, keyin ustozlardan so‘raylik. Assalomu alaykum.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tashakkur. Holatni to‘g‘ri baholay olishni “fiqh” deyiladi. Alloh taolo barchamizni dinda faqih qilsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:06 | Savol-javoblar | 144 | Ta’lim va muta’allim