Bir boridan o‘zish

Assalomu alaykum! Ilm olishda bir biridan o‘zishga harakat qilsa shuni maqsad qilsa bo‘ladimi? Biz ovsinim bilan arab alifbosi va duolarni o‘rganishni boshladik. Bir birimizdan o‘tishga harakat qilyapmiz. Shu ishimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Mutoffifin” surasida marhamat qiladi: إِنَّ الْأَبْرَارَ لَفِي نَعِيمٍ۝ عَلَى الْأَرَائِكِ يَنظُرُونَ۝تَعْرِفُ فِي وُجُوهِهِمْ نَضْرَةَ النَّعِيمِ۝ 22. Albatta, abrorlar ne’matlanishdadirlar. 23. Pardali baland so‘rilar ustida nazar solib tururlar. 24. Ularning chehralaridan ne’matlanish yashnoqligini bilib olursan. يُسْقَوْنَ مِن رَّحِيقٍ مَّخْتُومٍ۝خِتَامُهُ مِسْكٌ وَفِي ذَلِكَ فَلْيَتَنَافَسِ الْمُتَنَافِسُونَ۝ 25. Ular nihoyatda pok, muhrlangan ichimlikdan ichirilurlar. 26. Uning oxiri miskdir. Va musobaqa qiluvchilar shu narsa uchun musobaqa qilsinlar. Sizlarni musobaqalaringiz ham shunga tushadi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:03 | Savol-javoblar | 159 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar