Nazr qilib olib bermaslik

Assalomu alaykum! Biz bilan birga ishlaydigan do‘stimiz yozning issiq kunlarida agar o‘g‘il ko‘rsam shu erga konditsioner qo‘yib beraman dedi. Biz agar qiz bo‘lsa nima qilasiz desak unda xam qo‘yib beraveraman dedi. Aytganidek bir xafta o‘tmasidan o‘g‘il ko‘rdi. Ertasi kuni xammaga o‘g‘il ko‘rganimning xursadchiligiga ertaga ishxonaga konditsioner olib kelib o‘rnataman deb e’lon qildi. Oradan 3-4 oy vaqt o‘tdi xavo sovub qoldi. Shunda bir sherigimiz “siz o‘g‘il ko‘rsam” deb nazir qilgansiz shu nima bo‘ldi dedi. Men ertaga deganman Xudoni ertasi ko‘p deb xazlga oldi. Shu holatda nazr bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nazrini ado qilishi kerak. Nazr bilan o‘ynashmasin. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar