Imomlik haqida
Assalomu alaykum! Men namoz o‘qishni bir oycha avval boshladim. Bomdod, shom va xufton namozlarini ishxonamning yotoqxonasida bir xonada yashaydigan hamkasbim bilan birga o‘qiyman. Farz namozlarini birga o‘qiyotganimizda ayrim payt zam suradan bir-ikkita so‘zlari qolib ketyapti. Menimcha yodidan ko‘tarilib. Mening ilmim unikidan kam bo‘lgani uchun aytishga xijolat bo‘lyapman. Shunday hollarda nima qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imomgarchilikning javobgarligi o‘ta og‘ir. Chunki qiyomat kuni eng birinchi savol va jannatga kirish yoki do‘zaxga tushish natijasi namozdan bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ أَوَّلَ مَا يُحَاسَبُ بِهِ الْعَبْدُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ عَمَلِهِ صَلَاتُهُ، فَإِنْ صَلَحَتْ فَقَدْ أَفْلَحَ وَأَنْجَحَ، وَإِنْ فَسَدَتْ فَقَدْ خَابَ وَخَسِرَ، فَإِنِ انْتَقَصَ مِنْ فَرِيضَتِهِ شَيْئًا قَالَ الرَّبُّ عَزَّ وَجَلَّ أَتِمُّوا فَرِيضَتَهُ مِنْ تَطَوُّعِهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bandaning qiyomat kuni eng avval hisob-kitob qilinadigan amali namozidir. Agar u (namoz) durust bo‘lsa, batahqiq, (banda) yutuqqa erishadi va najot topadi. Agar u (namoz) fosid bo‘lsa, batahqiq, (banda) noumid bo‘ladi va xusronga uchraydi. Bas, agar uning farz namozidan biror narsa kamib qolsa, Robb azza va jalla: «Uning farzini nafllaridan to‘ldiringlar», deydi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Imom bo‘lgan kishi o‘zidan tashqari iqtido qilganlarning namozidan ham so‘raladi. Namoz borasida andisha qilish, kamchilikka yo‘l qo‘yish, xatosini aytishdan tortinish, noloyiq imomga rozi bo‘lish va “O‘zi javob beradida” deb ketaverish aslo-aslo joiz emas. Bu kechirilmas xatolardan va oqibati ham og‘ir bo‘ladi. Qur’ondan eng avvalo “Fotiha” surasini namozni buzilmaydigan darajada o‘qishga harakat qilish kerak. Bu farzi ayn amali hisoblanadi. Keyin bilganicha suralarni yodlashga harakat qilaveradi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar