Pishgan g‘ishtdan qilingan qabr
Assalomu alaykum! Biz tamonlarda er osti suvi yaqin bo‘lganligi sababli mayitni erga ko‘mmasdan ustiga mozor solinadi. Biz taraflada axoli orasida bir gap juda ko‘p tarqalgan. Ya’ni mozorni pishgan g‘ishtdan qilinsa mayit qabrda azoblanarmish. Sababi pishgan g‘isht olovda pishganligi sababli shunday deyishadi. Yana shunday deyishadiki qabr uzog‘i bilan 20-30 yilda yo‘q bo‘lib ketishi kerak ekan. Shuning uchun qabrni xom (pishmagan) g‘ishtdan solish kerak deyishadi. Xaqiqatdan xam qabr shuncha vaqtda yo‘q bo‘lib ketishi kerakmi? Axir mayitni bunga aloqasi bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xalqning qabrga pishiq g‘isht ishlatish joiz emas degan gapi to‘g‘ri. Azobiga pishgan g‘isht sabab bo‘ladi degan gap noto‘g‘ri. Mayyit joyiga qarab chiriydi. Issiq o‘lkalarda har olti oyda qabr ochilib o‘rniga boshqa mayyit qo‘yilaveradi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar