Ushbu xadis to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, shu hadis to‘g‘ri bo‘lsa iltimos tushintirib bersangiz. Bir kun payg‘ambarimiz (solallohu alayhi vasallam) jamoat bilan namoz o‘qib bo‘lganlaridan keyin bir odam kechikib kelib “Allohu akbar” deb takbir ayta boshlabdi. Shunda Payg‘ambarimiz bu odam Allohu akbar deyapti aslida bu odam uchun Alloh emas namozga kechikishi uchun sabab bo‘lgan dunyoviy ishlari buyuk degan ekanlar. Agar shunday bo‘lsa bir namoz kirishi bilan uni o‘qishimiz kerakmi oraliqdagi vaqtlarda o‘qilsa bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday hadisni bilmaymiz. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 133 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar