O‘zimga shonchim yo‘q

Assalomu alaykum! Men anchadan beri qiynalib yuribman. Ruhim zayiflashib qolgan. O‘zimga bo‘lgan ishonchim yo‘q. Bularning sabablari yoshligimda ota-onam meni juda erka qilib tarbiyalashgan deb o‘ylayman. Lekin rahmatli dadam yaxshi inson bo‘lganlar. Onam hayotlar ular ham yaxshi insonlar. Lekin meni yoshligimda qiyinchilikni ko‘rsatmay katta qilishgan. Qiyinchilik ko‘rmaganim uchun kichik tashvish ham ko‘zimga katta ko‘rinyapti. Mana yaqinda uylanadigan bo‘lib turibman. Hozir ishga joylashish arafasidaman. Ish o‘rganyapman. Ammo o‘zimga ishonchim yo‘q. Ya’ni kelajakda bo‘lajak xotinimni barcha nafaqasini, extiyojlarini bera olamanmi yo‘qmi bilmayman. Bir necha oydan beri shayton vasvasa qilyapti meni. "Bu dunyodan ket qutulasan! O‘zingni o‘ldir, unday qil, bunday qil!"deb vasvasa qilyapti. Mana hozir ozgina qiyinchilikka ham dosh beraolmayapman. Alhamdulillah namozlarimni 5 vaqt o‘qiyman. Dindan ham tushuncham bor. Ammo tushkunligim ketmayapti. Iltimos, ayting nima qilay? Qiynalib ketdim. Yoshim 28 da.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  “Laa havla valaa quvvata illaa billaah” ni ko‘p ayting. Musulmon kishi bunday xarakterda bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 17:44 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar