Uzuk haqida savol

Assalomu alaykum! Menga malumki shariyatimizga ko‘ra erkak kish kumush, ayol kishi esa kumush va tilla uzuklarni taqishlari joyiz hisoblanadi. Boshqa metalldan tayyorlanga uzuklar taqish esa joyiz emas. Hozirgi zamonda biror bir vazifani bajaruvchi aqilliy uzuklar o‘ylab topilmoqda. Misol uchun haroratni o‘lchovchi uzuklar, smartfonni boshqarsa bo‘luvchi NFS uzuklar, yoki bo‘lmasa bluetooth uzuklar. Asosan ular kumush va tilladan tashqari boshqa metaldan yoki plasmassadan tayyorlangan. Ularni taqib yurish va savdosi bilan shug‘illanish sharan halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hojatni ravon qiladigan buyum sifatida oldida olib yurish joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:51 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar