Xojatxona yo‘lakchasida nomozlarni o‘qish

Assalomu alaykum! Men Import Eksport bilan shug‘ilanadigan firmada ishlayman. Allohni irodasi bilan farz bo‘lgan namozlarimni qazo qilmaslikka xarakat qilayapman. 10-15 kun oldin farz bo‘lgan namozlarimni ofisda 1 ta bo‘sh xonada o‘qiyotgan edim. Endi esa xo‘jayinimiz u xonaga ishchilarni oldilar, xozirda ishxonamizda bo‘sh xonalar qolmadi. Xozir esa namozlarimni qazo bo‘p qolmasligi uchun ishxonamizda(uzr so‘rayman) xojatxonasiga kiradigan yo‘lakcha bor, o‘sha erda o‘qib olayapman. Menga maslaxatingiz kerak shunday vaziyatlarda nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyoq va peshona qo‘yadigan joylaringiz pok bo‘lsa bo‘ldi. Namozlarni qoldirmang. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar