Sigareta chekish
Assalomu alaykum! Ko‘p namozxon aka-uka, do‘stu-birodarlarimizni sigareta chekkanlarini ko‘ramiz. Ulardan “Shu tamaki mahsuloti, aroq, cho‘chqa kabi narsalar bilan barobarda haromku, nimaga chekasiz? — deb so‘rasam, “Odat bo‘lib qolganda. Nimayam qilardik? — deya qisqa qilib javob berib qo‘yadilar. Bu gapimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mashoyixlar : “Inson yoshligidan o‘rganib qolgan gunohlar, agar yoshlikda tashlab yuborilmasa, qariganida ularni tashlash bir necha bor qiyin bo‘ladi. Chunki yoshlikda inson jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lib, ko‘plab kasalliklarni engib yuborishlari mumkin. Shu vaqtlarda davolanishga beparvo bo‘lsa, qariganda u kasallik surunkaliga aylanadi. Xuddi shuningdek gunoh ishlar ham inson kuch-quvvatga to‘lgan vaqtda ularni tark qila olsa, bo‘ladi. Yoshi keksaygach u ham surunkali gunohga aylanib qoladi” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom