"Bismilloh" aytilmay so‘yilgan hayvonning go‘shti
Assalomu alaykum! Men hozirda Koreyada o‘qiyapman. Bir kun restaranda mol go‘shtidan tayyorlangan ovqat buyurtma qilsam bir tanishim “bu mol go‘shti harom” deb aytdi. Nimagaligini so‘radim, u aytdiki “bu mol “bismilloh” aytilmasdan so‘yilgan ekan” dedi. Bu narsani birinchi marta eshitishim, shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo «Haj» surasida quyidagilarni aytadi: وَالْبُدْنَ جَعَلْنَاهَا لَكُم مِّن شَعَائِرِ اللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌ فَاذْكُرُوا اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهَا صَوَافَّ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا مِنْهَا وَأَطْعِمُوا الْقَانِعَ وَالْمُعْتَرَّ كَذَلِكَ سَخَّرْنَاهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ «Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonalaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ular uzra old oyoqlaridan biri bog‘liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari erga tekkanida esa, bas, ulardan eng va qanoatli va tilangan kambag‘allarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga musaxxar qilib qo‘ydik. Shoyadki, shukr qilsangiz». (36 oyat). Alloh subhanahu va taolo ushbu oyati karimada qurbonlik qilinadigan hayvonlarning eng kattasi bo‘lmish tuya haqida so‘z yuritmoqda. «Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonalaridan qildik». Ya’ni, tuyalarni Allohning dinidagi ulkan ibodatda qurbon etiladigan hayvonlardan qildik. «Ularda sizga yaxshilik bor». Tuyalarda odamlar uchun ko‘plab yaxshiliklar bor. Kerak bo‘lganida minadilar, yuk ortadilar, markablarga qo‘shadilar, sutini ichadilar, go‘shtini eydilar, terisidan, junidan foydalanadilar, sotib, moddiy manfaat ko‘radilar. Eng muhimi, ularni qurbonlikka so‘yib, Allohga qurbat hosil qiladilar. «Ular uzra old oyoqlaridan biri bog‘liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling». Tuya tik turgan holida, old oyoqlaridan birini bo‘yniga bog‘lab turib so‘yiladi. Bu hol arab tilida bir so‘z bilan «savaffa» deyiladi. Demak, tuyani qurbonlikka so‘yish uchun old oyoqlaridan birini bog‘lab qo‘ygan chog‘da Allohning nomini zikr qilib so‘yish kerak. Ya’ni, «Bismillah, Allohu akbar. Allohumma, minna ilayka», deb turib so‘yish lozim. 2. Alloh taolo «An’om» surasida bunday deydi: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ «Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Albatta, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar». (121-oyat). Ulamo ahllarimiz ushbu oyatning tafsirida «Agar musulmon kishi hayvonni so‘yayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qo‘ysa, so‘ygan go‘shti halol», deganlar. Ammo bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday go‘sht harom bo‘ladi. «Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar». Shuningdek, avval o‘tgan oyatlarning hukmiga binoan, ahli kitoblarning so‘yishi ham haloldir. Boshqalarini esa eyish mutlaqo mumkin emas. «Albatta, u fisqdir». Allohning nomi zikr qilinmay so‘yilgan hayvonning go‘shtini eyish fisq, ya’ni din amridan chiqishdir. «Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar». Shaytonning do‘stlari bo‘lmish kofir va mushriklar imkonlari boricha sizlar bilan tortishadilar. Turli masalalarda, jumladan, Allohning nomi zikr etilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shti haqida ham talashadilar. Sizlar ularning gaplariga, tortishuvlariga hech e’tibor bermasligingiz kerak. «Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar». Allohning gapini uqmay, o‘zganing gapiga yurgan odam mushrik bo‘lmay, kim mushrik bo‘lsin?! Allohning amrini tutmay, boshqaning amrini tutgan kishi mushrik bo‘lmay, kim mushrik bo‘lsin?! Hatto hayvonlarni so‘yishda Allohdan boshqaning amrini tutish ham shirk hisoblanadi. Kofir bo‘lish esa umuman boshqa kulfat. Musulmon bilan kofirning orasidagi farq juda ham ulkan. 3. Alloh taolo «An’om» surasida aytadiki: فَكُلُواْ مِمَّا ذُكِرَ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ إِن كُنتُمْ بِآيَاتِهِ مُؤْمِنِينَ «Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan bo‘lsangiz, ustida Allohning ismi zikr qilingan narsadan eng!». (118-oyat). Ya’ni, haqiqiy mo‘min bo‘lsangiz, Allohning nomi bilan so‘yilgan hayvonlarning go‘shtidan oziqlaning. Kishining hayotida oziq-ovqat muhim o‘rin tutganidan, xususan, tanovul qilinadigan taomning halol bo‘lishi muhimligidan iymonni o‘rtaga qo‘yib, Allohning nomi zikr qilinib so‘yilgan hayvonning go‘shtini eyishga amr qilinmoqda: «Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan bo‘lsangiz, ustida Allohning ismi zikr qilingan narsadan eng!» Bu esa «boshqasini emang», deganidir. Voqe’likda ba’zi odamlar e’tiborsizlik yoki arzimas bahonalar bilan halol hayvonlarni so‘yishda Allohning nomini zikr qilishni yo‘lga qo‘ymasalar, boshqalari undan ham arzimagan bahonalarni ro‘kach qilib, o‘sha go‘shtlarni eyishni o‘ziga, farzandlariga ravo ko‘radilar. Aslida esa ularning bandalik burchlari halol-pok, Allohning nomini zikr qilib so‘yilgan hayvonlarning go‘shtinigina eyishni taqozo etar edi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:03 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom