Oyatlarni sharhlab bersangiz
Assalomu alaykum, Hazrat menga mana bu oyatni sharhlab tushuntirib bersangiz. «Ular yolg‘on guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan o‘tsalar hurmatlarini joyiga qo‘yib o‘tarla»Bu erdagi hurmat qanday ma’nosida aytilgan. Yana shu oyatni davomini ham sharhlab bersangiz. «Ularga Robbilarining oyatlari eslatilganda ularga gung va ko‘rlardek tashlanmaslar».Bu erda menga o‘xshab eshitganimga g‘ulu ketish ko‘zda tutilganmi?Ruxsat bersangiz yana bir oyat haqida so‘ramoqchi edim.«Albatta allohdan bandalari ichida faqat olimlarigina qo‘rqarlar».Ustoz, demak Allohdan qo‘rqqanim uchun savodsiz bo‘lsam ham olim hisoblanamanmi? Bu erda qanday ma’nosi bor?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. «Ular yolg‘on guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan o‘tsalar, hurmatlarini saqlagan holda o‘tarlar» (72-oyat).Rohmanning suyukli bandalari uchun sakkizinchi sifat: Yolg‘on guvohlik bermaslik.«Ular yolg‘on guvohlik bermaydiganlardir…» Yolg‘on guvohlik berish ulkan gunoh ekanligi boshqa oyatlarda ham ko‘p ta’kidlangan. Shuningdek, hadisi shariflarda qattiq qoralangan. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ba’zi hollarda yolg‘on guvohlik berishni Allohga shirk keltirish bilan bir joyda zikr qilganlar.Birovning ziddiga yoki foydasiga yolg‘on guvohlik berish ulkan gunohdir. Bunday odam hech qachon Allohning suyukli bandasi bo‘la olmaydi.To‘qqizinchi sifat: Behuda gap-so‘z va amallar qarshisida o‘z obro‘yini saqlay bilish.«…behuda narsalar oldidan o‘tsalar, hurmatlarini saqlagan holda o‘tarlar».Musulmon odam o‘zini behuda, foydasiz gap-so‘z va ishlarga ovora qilmaydi. Unday gap-so‘z yoki ishlarda qatnashmaydi, mabodo boshqalar tomonidan bu narsa sodir etiladigan bo‘lsa, uning oldidan hurmatini saqlab, obro‘ va olijanoblik ila o‘tib ketadi.2. O‘ninchi sifat: Aql ishlatib, ong ila dindorlik qilish.«Ularga Robbilarining oyatlari eslatilganda, u(oyat)larga gung va ko‘rlardek tashlanmaslar» (73-oyat).Ushbu oyatda Rohmanning suyukli bandalari butparast mushriklarga o‘xshab, o‘zlari anglamagan narsaga yopishib olmasliklari ta’kidlanmoqda. Mushriklar soxta xudolariga xuddi ko‘r va karquloqdek bilib-bilmay, ko‘rib-ko‘rmay, eshitib-eshitmay yopishib oladilar. Agar ular «xudo»larining nima ekanligini bilganlarida, ko‘rganlarida va eshitganlarida, hech qachon ularga ibodat qilmas edilar.Musulmonlar esa, Robbilari kalomi bo‘lmish Qur’oni Karim oyatlari ularga eslatilganda, yaxshilab eshitadilar, anglab tushunadilar va amal qilishga o‘tadilar.3. Alloh taolo «Fotir» surasida aytadi:«Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar» (28-oyat).Alloh taoloning qudratini his etib, ulardan ibrat olib, ularning yaratuvchisi borligini anglab etib, aqli bilan Allohni topgan va undan qo‘rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzulishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma’lumotlarini to‘liq o‘rganib, ularni yaratgan zot Allohni tanimagan va undan qo‘rqmagan odam o‘ta joxil hisoblanadi.Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ilm gapning ko‘pligida emas. Ilm qo‘rqishning ko‘pligidir», degan ekanlar.Imom Hasan al-Basriy: «Olim–Allohdan g‘oyibona qo‘rqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon ko‘rgan narsadan qochgan odamdir», deya turib: «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar» oyatini tilovat qilar ekanlar.«Albatta, Alloh aziz va o‘ta mag‘firatli zotdir».Alloh har narsadan g‘olibdir. Nimani xohlasa qila olur. U o‘ta mag‘firatli zotdir. Vaqtida ibrat olib, o‘zini taniganlarni mag‘firat etadi.
4 May 2022, 03:09 | Savol-javoblar | 154 | Qur’oni karim