Qiyomatda yaqinlarimizning taqdiri
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz Alloh taqdir etgan umrimiz mobaynida har xil insonlarni uchratamiz. Ular qarindosh, yoru-birodarlar, do‘stu-dushman, hamkasb, hamkorlar, tanish-bilishlardan tashkil topgan. Allohning izni ila ular bilan foniy dunyoda har xil vaziyatlarda yo‘llarimiz tutashadi. Ushbu insonlar bilan o‘zaro munosabatlarda ba’zilarining yaxshi amallaridan sevinib, qalblarimiz orom topsa, ba’zilarining yomon amallaridan kuyunib, qalblarimiz ozor chekadi. Qiyomatda, savol-javob bo‘ladigan kunda, o‘zimizning barcha amallarimiz o‘zimizga ko‘rsatilib, sarhisob qilingani kabi, ana shu insonlarning biz bilan bo‘lgan munosabatlaridagi amallariga yarasha savob yoki gunoh yozilishi, boqiy dunyodagi egallagan o‘rinlari haqida bizga ma’lumot beriladimi? Bu haqda oyat va hadislar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomat kuni hamma bir-birining holidan xabardor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomat kuni hamma bir-birining holidan xabardor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar