Ustama xaqida

Assalamu alaykum! Izlash bo‘limidan foydalandim aynan shu savolga javob topa olmadim. Bir qancha savol javoblarda ustama ribo deyilibdi. Savolim quyidagicha: Maktabda o‘qituvchilarga ma’lum mezonlar asosida ustama oylik beriladi. Ya’ni 1 o‘quv yili davomida qilgan ishlari (masalan: o‘quvchilarning olimpiadadagi o‘rinlariga, yozgan maqolalariga qarab va hokazolar) ga qarab oylikka qo‘shib ustama haq beriladi. Bu ustama haqqi 1 yil to‘liq oylikka qo‘shib beriladi. Shu ustama haqqi halol bo‘ladimi? Ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytayotgan pul mukofot. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 04:03 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar