Qur’on xatm qilish odobi

Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Hurmatli Shayx Hazratlari, ushbu savolni sizga yo‘llashdan oldin "Izlash xizmati"dan foydalanib, savolimga javob izlab topa olmadim. Hozirgi kunda bizning shahrimiz masjidlarida taroveh namozlarida xatmi Qur’onlar bo‘lyapti. Masjidlarda o‘qilyotgan xatm Qur’onlar kuniga 3-4 poradan juda ham tez qiroat qilib o‘qilyapti. Savolim shundan iboratki, bir ilmli kishi aytdilarki, “Qur’on bunday juda tez qiroat qilib o‘qilsa, unda o‘qish tartibi va tartili buziladi. Shuning uchun bunday xatmlarga qatnashganizdan savob yo‘q” dedilar. Hozirda nima qilishni bilmay ikkilanib qoldim. Ushbu xatmlarga qatnashsa savob bormi yoki yo‘qmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- 3 - 4 pora deganingizdan anig‘ini bilmas ekansiz. Ilmli bir kishi deganingizdan kimdan so‘rashni ham bilmas ekansiz. Ushbu maktubni bilmaslik asosida yozgan ekansiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng oz xatmni uch kunlik qilib belgilaganlar. Qiroat tajvid asosida bo‘lishi shart. Bizda hozirda masjidlarda ko‘proq 30, 20, 15 kunlik xatmlar bo‘lmoqda. Avvallari asosan 10 kunlik bo‘lar edi. O‘shanda har kuni uch poradan o‘qilar edi. Unda siz aytgan "ilmli" kishining gaplariga xilof bo‘lmas edi. Siz xatmga qatnashing, savob bo‘ladi. Xatmga bormasangiz, nima qilasiz? Yoki serial ko‘rasizmi? Xatmni qo‘yib serial ko‘rishdan foyda yo‘q.

26 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 213 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar