Zamonaviy texnik jihozlar yordamida

Assalomu alaykum aziz va muhtaram shayx janoblari!Bir savolni so‘rayman deb doim esimdan chiqib qolganidan bugun imkon topdim. ruxsatingiz bilan so‘rasam:Biz hozir ilmiy texnikaviy taraqqiy topgan zamonda yashayapmiz. shuning uchun ba’zi bir shar’iy haddlarni belgilashda zamonaviy texnik jihozlardan foydalanib aniqlik kiritish mumkin. Masalan, ayolining zino qilganini isbotlab berish uchun uning eri guvohlar keltirishi, yoki lion qilishi kerak bo‘ladi. Hozirgi davrda o‘shanday gumondagi ayolni tibbiy yo‘l bilan ekspert qilib, zino qilgan yo qilmaganini aniqlab olish mumkin. Shuningdek, maxsus kuzatuv kamerasi orqali ham. savolim shundan iborat ediki shar’iy hadlarni belgilashda ana shu va shunga o‘xshash jihozlarning natijalarini e’tiborga olib ish qilish yoki hukm chiqarish mumkinmi?Alloh Sizga tinchlik va ofiyat bersin..
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu narsalarda ixtilof bor. Chunki, siz aytgan vositalarda qalbakilik sodir bo‘lishi mumkin.

4 May 2022, 04:03 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar