Yunus surasining 11-oyati haqida

Assalomu alaykum, muhtaram Shayx Hazratlari. Savolim bor edi. Man Kur’oni karimning o‘zbekcha tarjimasida Yunus surasining 11-oyatida "11. Agar Alloh MUShRIKLARGA yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan bo‘lur edi. Bas, Biz ila muloqotda bo‘lishdan umidi yo‘qlarni tug‘yonlarida tashlab qo‘yamiz, adashib-uloqib yuraveradilar..." deb o‘qigan edim. Islom.uz saytinig bosh sahifasida ushbu suraning mazkur oyati "11. Agar Alloh ODAMLARGA yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan bo‘lur edi. Bas, Biz ila muloqotda bo‘lishdan umidi yo‘qlarni tug‘yonlarida tashlab qo‘yamiz, adashib-uloqib yuraveradilar..." deb yozilgan. Hazrat meni bilimim yo‘q, ammo uylashimcha odamlar bilan mushriklar so‘zlarida farq bor menimcha. Agar noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr. Bu oyatlarni qaysi biridagi tarjimasi to‘g‘ri? Javob uchun oldindan rahmat.Allox rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qur’oni Karimning matnida “Naas” so‘zi kelgan uning tarjimasi “odamlar”. Mushriklar degani to‘g‘ri bo‘lmaydi.

4 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 145 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar