Ilgirlar haqida
Assalomu Alaykum Xurmatli Shayx Xazratlari. Sizga bermoqchi bo‘lgan savolim xozirgi kunda juda dolzarb xisoblangan mavzulardan biri bo‘lgan issiq-sovuq amallar va ularni olib tashlayotgan (yoki olib tashlayapman deb ko‘rsatayotgan) odamlar to‘g‘risidadir.Taqdir taqozo bilan Yangiyo‘l shaxridan uncha uzoqda bo‘lmagan shaxarchalardan biriga borib qoldim. U atroflarda o‘zlarini “Ilgir” deb atovchi bir nechta odamlar yashar ekanlar. Shunday odamlarning birining xuzuriga borib qoldim. U mening boshimni, belimni, ko‘kragimni ushlab ko‘rdida, «iching issiq-sovuq ammalarga to‘lib ketibdi» - dedi va barmoqlarini og‘zimdan tomog‘imgacha tiqib birin ketin mazkur issiq-sovuq amallarni ola boshladi (ular Ilgirning barmoqlariga yopishib chiqdi). Shu tariqa “Ilgir” xola ichimdan sakkiz dona amal oldi va “ichingda xali bunaqa amallar juda ko‘p, mening oldimga to‘rt – besh kun qatnaysan” dedi. Bir dona amalni olish narxi ming so‘m ekan. Ichimdan olingan amallar no‘xat kattaligidagi ipdan to‘qilgan tugunlardan iborat edi va ularni albatta oqayotgna daryoga uloqtirish lozim ekan. “Ilgirning” tushuntirib berishiga ko‘ra ular xar xil maqsadda qilingan ekan: baxtsiz bo‘lishga, kasal bo‘lishga, ishdan ketishga va x.k. Yangi oy chiqqandan keyin esa amallarni odam ichiga olib kelib tashlagan jinlar, ular olib tashlangan taqdirda, ularni boshqatdan yana olib kelib tashlashar ekan va shu tariqa xar oy bu “Ilgirga” kelib ularni oldirish lozim bo‘lar ekan. Mendan tashqari bu Ilgir xuzuriga amal oldirishga xar xil yoshdagi yana chamasi qirq – ellikta odam bor edi. SAVOL: O‘zlarini Ilgir deb atayotgan odamlar haqiqatdan ham odamdarning ichidan issiq-sovuq amallarni ola biladilarmi? Ular oldiga borib, xizmatidan foydalanish joizmi? Yoki ular qilayotgan ish ko‘zbo‘yamachilik yo‘li bilan odamlardan pul undirishmi (taxminan xisoblab ko‘rsam u erda kamida qirq kishi bor ekan. Ilgir ularning xar biridan o‘rta xisobda besh donadan amal olsa ikki yuz dona amal olar ekan. Xar bir olingan amal esa ming so‘m, shunda xammasi bo‘lib o‘rta xisobda kuniga ikki yuz ming so‘m. Undan tashqari yigirma dona tuxum olib borsangiz, “Ilgir” ichizga kamroq amal tushishi uchun bu tuzumlarga qirq ming so‘m evaziga dam solib berar ekan). Javobingiz uchun oldindan katta raxmat aytib qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi ishlarning barchasi firibgarlikdan iborat. E’tibor bersangiz, o‘sha siz aytgan qirq – ellikta odamning hammasidan Ilgir ilib oladigan narsa chiqaveradi. Biror kishini ichingda hech narsa yo‘q ekan deb qaytarmaydi. Albatta, firibgarligini bilib qolgan, uni sharmanda qilmoqchi bo‘lganlar bundan mustasno. Boshqa erlardan bu gap yo‘q. Qaerda ilgir bo‘lsa, o‘sha erdagi odamlarning ichiga ilib olinadigan ilmu amal kirib qolaveradi. Ba’zi firibgarlar qon olmoqdaman deb odamning elkasidan ilmu amalni “chiqarib” oladi. Uchinchisi qo‘lini odamning og‘ziga solmay qusdirib oladi. O‘sha siz aytgan odamlarning hammasi qaysi firibni o‘zlashtirganning oldiga borsa, o‘sha firibgarning mutaxassisligi bo‘yicha bemor bo‘lib chiqadi.- Odamlar bu kabi firiblarga uchmasliklari kerak. Bemor bo‘lsalar, tabobat orqali davolanishlari lozim. Men avvalroq bir kishiga ushbu mulohazalarni aytgan edim. U bir odam bilan o‘sha siz aytganga o‘xshash “Ilgir”ning oldiga kirib, razm solib turibdi. Avvalgi bemor chiqib, ikkinchisi kirib, uni ham “davolaganda” hamma narsa poylab turgan odamga ayon bo‘libdi.- Bu kabi xurofotlardan kishilar, xolos bo‘lishlari kerak. ularning aldovlariga uchmasliklari lozim. Aqlni ishlatishlari lozim.
20 Aprel 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 468 | Aqiyda