bu Eng asosiysi masala
savol:Fotiha surasining oxirigi oyatidagi va boshqa oyatlari "Valodooooliiiiyn" deb o‘qiladimi yoki Valozooooliiiiyn debmi?Man eshitishimcha Dollun bu Adashganlar degani ekanZollun esa Soyada turuvchilar ekan biz duoimizda Valozooooliiiiyn deb Soyada turuvchilardan qilmagin degan duo qilib so‘rab qo‘ymayapmizmikin yoki bunga Ruhsat bormi?Man Ruhsat bo‘lsa kerak deb Gumon qilardim Ba‘zi imom xatiblar Valozooooliiiiyn deb o‘qishganini eshitganman buni izohlab bersangiz iltmos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Siz aytgan kalimadagi nazarda tutilgan nutq tovushi o‘zbek tilida yo‘q. Siz aytgan har ikki o‘qish usuli ham to‘g‘ri emas, chunki mazkur kalimani kril alifbosi bilan to‘la ifoda etib bo‘lmaydi. Bu undosh o‘ziga xos talaffuzga ega. Tushuntirish uchun uni z va d tovushlarning qorishmasiga yaqin mustaqil tovush, deyish mumkin. Endi, bu va shunga o‘xshash nutq tovushlarining ma’noga va namozga ta’siri masalasiga kelsak, ajamlar uchun hukm biroz engilroq bo‘ladi. Aslida har bir musulmon kishi, u xoh arab bo‘lsin, xoh ajam bo‘lsin, Qur’oni karimni arab alifbosi vositasida va mutaxassis ustoz yordamida o‘rganishi kerak. Boshqa alifboda o‘rgnanish "suv yo‘g‘ida tayammum" qabilidadir. Boshqacha qilib aytganda, arab yozuvini o‘rgangunga qadar vaqtincha faqat namoz o‘qib yurishga yaraydi, xolos. Imkon boricha Qur’onni arab yozuvida o‘rganish lozim. Umuman iloj topilmasa, til kelmasa, ma’zur hisoblanadi. Zero dinimizda imkoniyatdan tashqari narsa talab qilinmaydi. Vallohu a’lam.
4 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 139 | Qur’oni karim