Foiz
Assalomu alaykum, Shayx hazratlari!!Sizga yo‘llamoqchi bo‘lgan savolim shundan iboratki, men bu yil may oyida 120000 tangaga Sigir sotib oldim. 65000 tanga naqd pulim bor edi. 55000qarz so‘rab topolmagach, yolg‘onchi bo‘lmaslik uchun foiz evaziga pul beruvchi shaxsdan boyagi 55000 tangani ustiga 5000 tanga qo‘shib berish evaziga oldim. Keyin muddati ichida to‘ladim. Lekin u paytda bu narsa ribo ekanligini bilmasdim. Bu narsa sudxo‘r uchun harom, majburiyat uchun oluvchiga halol deb yurarkanman. Chunki men majbur bo‘lgandim. Zero sigir egasiga qarz bo‘lishga oriyatim va g‘ururim yo‘l qo‘ymadi. Buning ustiga o‘zimni majburiyat ostida qolgan odam deb bilibman. Va o‘zim uchun halol deb qabul qilibman. Endi sizning "QARZ" ruknidagi barcha postlarni o‘qib chiqib bildimki gunohkorman. Iltimos menga yo‘l ko‘rsating, nima qilay? Bunday gunohlar kafforoti qanday? Bilmasdan qilinganini e’tiborga olsangiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba qiling. Nadomat cheking. Ikkinchi takrorlamang.
4 May 2022, 04:25 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba qiling. Nadomat cheking. Ikkinchi takrorlamang.
4 May 2022, 04:25 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat