Rasulullohdan hadis aytish

Assalomu alaykum! Biz ahli ilm deb o‘ylaydigan kishining bir maruzalarida shunday deganlarini eshitib qoldimki, unda: Rasululloh alayhissalom aytganlar: "Ko‘chani haqqini ado qilsang, keyin ko‘chaga chiq. Bo‘lmasa o‘yingda "qisib" o‘tir" deganlar. deyiladi. Savolim esa, Rasulullohdan aytilgan hadisni ushbu mazmunda gapirilishi qanchalik o‘rinli? Boshqa hadislarni ham shunday talqinda aytilsa ham bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis aytilganda odobiga rioya qilish kerak.  Hadis siz aytgan tarzda rivoyat qilinmagan, uning asl matni quyidagicha: عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِيَّاكُمْ وَالْجُلُوسَ عَلَى الطُّرُقَاتِ. فَقَالُوا: مَا لَنَا بُدٌّ، إِنَّمَا هِيَ مَجَالِسُنَا نَتَحَدَّثُ فِيهَا. قَالَ: «فَإِذَا أَبَيْتُمْ إِلَّا الْمَجَالِسَ فَأَعْطُوا الطَّرِيقَ حَقَّهَا»، قَالُوا: وَمَا حَقُّ الطَّرِيقِ؟ قَالَ: «غَضُّ الْبَصَرِ، وَكَفُّ الْأَذَى، وَرَدُّ السَّلَامِ، وَأَمْرٌ بِالْمَعْرُوفِ، وَنَهْيٌ عَنِ الْمُنْكَرِAbu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘llarda o‘tirishdan saqlaninglar!» dedilar. Shunda: «Boshqa ilojimiz yo‘q, chunki bu gaplashib o‘tiradigan joylarimizdir», deyishdi. U zot: «Agar o‘tirishdan boshqaga ko‘nmasangiz, u holda yo‘lning haqqini beringlar», dedilar. Ular: «Yo‘lning haqqi nima?» deyishdi. U zot: «Ko‘zni tiyish, ozor etkazishdan tiyilish, salomga alik olish, ma’rufga buyurish va munkardan qaytarish», dedilar». (Oltin silsila kitobidan ""Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 153 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar