Kelishilgan savdo

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni opam bozorda savdo bilan shug‘illanadi shunga bir ayol tavarga birga borib o‘zi pul to‘lab oberar ekan. So‘ng pulini bo‘lib bo‘lib olar ekan. Masalan 10 millionlik tavarni 13 millionga berib 3oyda bo‘lib bo‘lib olishga kelishib bu kelishilgan savdo rozi bo‘ling der ekan. Bunday savdo ikkisiga ham halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Murobaha savdosi orqali kishilarni moliyalashtirish.
Murobaha savdosi aslida kishilarni qandaydir yo‘l bilan moliyalashtirish yoki sudxo‘rlik qilib ularga qarz berish emas, balki u oldi sotdining bir turidir. Shuning uchun ham savdo vaqtida oldi sotdining umumiy qoidalarini va yuqorida bayon qilingan murobaha savdosining shartlarini yaxshi bilib olish zarur.
Murobaha savdosi orqali kishilarni moliyalashtirishning eng yaxshi yo‘li; bir kishi o‘ziga ma’qul bo‘lgan narsani olmoqchi bo‘lsayu puli etmasa biror moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxsga yoki muassasaga murojat qiladi. Bu suratda moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxs yoki muassasa o‘sha sotilayotgan narsani avval o‘ziga sotib olib qo‘liga kiritadi, so‘ngra o‘sha narsaning ustiga ma’lum bir foydani qo‘yib mazkur mijozga sotadi. Moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxs yoki muassasa mijoz olmoqchi bo‘lgan narsani xarid qilishida uchinchi bir shaxsni o‘ziga vakil qilish huquqiga ham ega. Shuningdek, hohlasa o‘sha mijozni o‘zini ham vakil qilishlari mumkin. Bunda u moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxs yoki muassasa tomonidan xarid qiladi va qo‘lga kiritadi. So‘ngra ular bilan biror narxga kelishib imkoni etgan miqdordagi pulni beradi va qolganini nasiya qilib berish yo‘li bilan sotib oladi. Bu suratda mijoz ularning vakili hamda shu vaqtning o‘zida shari’at e’tiboridan omonatdor ham hisoblanadi. Sotib olingan narsa esa, moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxsning yoki muassasaning mulkiga va javobgarligiga o‘tadi. Shuning uchun ham farazan o‘sha narsa tasoddifiy xodisa sababli talofat ko‘rsa yoki halok bo‘lsa, mazkur vakil bo‘lgan xaridor uni to‘lab berishga javobgar bo‘lmaydi. Ammo, ulardan sotib olganda, o‘zining mulkiga va javobgarligiga o‘tadi.
Xulosa shuki murobaha savdosi orqali kishilarni moliyalashtirshda quyidagi tartiblarni bilish lozim.
1. Mijoz va moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxs yoki muassasa umumiy bir ahdlashuv qiladilar. Unda moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxs yoki muassasa mijozga o‘sha narsani sotishni va mijoz uni o‘sha qiymatdan yoki ularga tushgan o‘sha narxdan ortiq bo‘lgan narxga sotib olishni va’da qiladi.
2. Moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxs yoki muassasa mazkur mijozni o‘sha narsa yoki buyumni xarid qilish va qo‘lga kiritishga vakil qilishlari mumkin. Ushbu vakil qilish ahdlashuvida ikki taraf ham kelishuvga dastxat qo‘yadilar.
3. Mijoz olinayotgan buyumni moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxs yoki muassasa tomonidan xarid qiladi va ularning vakili sifatida qo‘lga kiritadi.
4. Mijoz olinayotgan narsani xarid qilib qo‘lga kiritganidan keyin ularni xabardor qiladi hamda o‘zi sotib olishini ularga taklif qiladi.
5. Moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lgan shaxs yoki muassasa mijozning ushbu taklifini qabul qiladi va unga sotadi va shu bilan mazkur narsa uning mulki va javobgarligiga o‘tadi.
Quyida ushbu beshta ishni tartibini yaxshilab bilib olish zarur bo‘ladi.
Moliyalashtirishning asl surati.
Islomda moliyalashtirishning eng yaxshi yo‘li sheriklik yoki muzorabaga pul tikishdir. Shuning uchun ribosiz bo‘lgan banklarda shu ikki uslubdan foydalaniladi. Yuqorida bayon qilingan savdo qoidalariga muvofiq murobaha savdosidan foydalanish uchun majbur bo‘lganda ijozat beriladi. Quyida murobaha savdosi orqali moliyalashtirishga tegishli bir qancha muhim masalalar zikr qilinadi.
1. Moliyalashtirayotgan shaxs yoki muassasa mijozga olib bergan narsasining nasiya bo‘lgan qiymati evaziga mijozdan biror narsani garovga qo‘yishni talab qilish huquqiga ega.
2. Mijoz moliyalashtirayotgan shaxs yoki muassasaga pulni qachon berishini va’da qilayotganda qo‘shimcha ravishda “Agar mijoz falon vaqtgacha pulni bera olmasa, kelishilgan narxdan ortiq falon so‘mni biror xayriya fondiga to‘lab beradi”-deb kelishishlari mumkin.
3. Moliyalashtirayotgan shaxs yoki muassasaning narsalarini murobaha savdosi orqali sotish va mijozning undan sotib olish ahdnomalarini qozi ham amalga oshirishi mumkin. Bunda mobodo biror tomon xiyonat qilsa qozi uning haqqini undirib beradi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 04:48 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar