3 martadan ko‘p javob berib yana yashamoqchi

Assalomu alaykum! Bitta farzandim bor alhamdulillah o‘g‘il. Shu farzandim bo‘yimda bo‘lime turib erim uydagi ozgina kelishmovchilik sabab javobimi berib yuborgan. Bir aytganida ikki marta "qo‘ydim degan" keyin nikoh o‘qitganmiz, oradan hech qancha vaqt o‘tme yana javobimi berib yubordi. Keyin yana nikoh o‘qitdik, to‘ydagi bilan uch marta nikohlangandi. Hozir ota uyimdaman, bir yil bo‘ldi bolam qo‘limdan chaqoloqligida yana javob senga deb qo‘yib yubordi. Shuni shariatda fatvosi qandey? Men o‘zimni boshqa yashash niyatim yo‘q, Allohga shukr ozmi ko‘pmi ilmim bor hali butunlay ajrashganimiz yo‘q. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birga yashasangiz gunoh bo‘ladi. Siz aytgan holatlarda uch taloq tushgan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 04:48 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar