Uselldan viktorina xizmatlari

Assalomu alaykum! Usell kompaniyasi tomonidan o‘tkazilayotgan aktsiyalar ko‘payib ketdi. Jumladan: “Baxtli yil” va “Omad qo‘lingda” nomli intelektual o‘yin viktorinalari xizmatlari. Bu xizmatlar shundan iboratki, abonent bu xizmatlarga tekinga ulanadi lekin xar kuni ma’lum belgilangan 1000-2000 so‘mgacha kompaniya tomonidan belgilangan abonent narxi abonent xisob raqamidan echib olinadi va kuniga 30 ta savolga javob berishi kerak bo‘ladi. Eng ko‘p bal to‘plagan 1 ta abonentga mukofot pullari berilishi belgilangan. Bu kabi xizmatlarni xukmi qimor hukmida bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qoida: Pul tikib, uni bir taraf olib, qolganlar undan mahrum bo‘ladigan o‘yinlar hammasi qimor. Shunga tushsa bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 215 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar