Birovni haqi

Assalomu alaykum! Birda maktabta 6 sinfmidim yo 5 sinf hulas o‘sha paytlar bir darsga kirdik va o‘sha honadan pul topib olgandim o‘sha pulni oshnamga ko‘rsatgandim oshnam esa pulni o‘ziga oldi 3000 so‘mni esa menga berdi chunki mendan o‘sha payt qarzi bor edi u payitda namoz o‘qimas edim, halol haromni birovni haqini bilmas edim. Hozir Alhamdulillah namoz o‘qiman halol haromni bilaman birovni haqini bilaman, lekin hozir esa shu savol qiynayapti birovni haqini emadimikin deb o‘ylanib qoldim. O‘sha payitdegi pulni egasini topay, topa olmiman yuz ko‘rinishini ham bilmayman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topishga harakat qilib sabablarini qiling. Topa olmasangiz usha miqdordagi pulni (ancha yil o‘tgani uchun) savob umid qilmay sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:32 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar