Qaynonam xurmati uchun

Assalomu alaykum! Qaynonam namozxon, lekin "orqaliman" deydilar va senga issiq sovuq qilingan, u bu joying og‘rir ekan deb o‘qib dam soladilar menga. Ularni xurmat qilganim uchun yo‘q deyolmayman, qalbim bilan Allohga iymon keltirib tilim bilan ularga mayli deb rozi bo‘lib o‘tiraversam gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu dinimizda qoralangan ish. Imkoni bo‘lsa shuni ham qilmang. Ya’ni u kishini “orqaliman” deb dam solishlariga rozi bo‘lmang. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 05:18 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar