Omonat narsadan ishlatish

Assalomu alaykum! Bir akamni nomidan savol yuboryapman. Savol: Bir kishi menga omonat narsa qo‘yib ketuvdi oradan vaqt o‘tib man u narsadan - xay ko‘p ekanku man ozroq olsam egasi bilmaydi deb 2-3marta oldim. Omonatni egasiga qaytarib berganimda ham u bilmadi. Ana endi shuncha vaqtdan keyin bu qilganimdan vijdonim qiynalib o‘sha olgan narsalarimni hozirgi qiymaticha pulni konvertga solib, bo‘lgan ishni aytib bersam bo‘ladimi? U kishini yuziga qarab ayta olmayman? Agar u kishi kechirganini shu konvert orqali yozib qaytarsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday qilib bo‘lsa ham rozi qiling. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar