Befoyda savolar haqida
Alloh ilmlaringizni bundan ham ziyoda qilsin. Men har doim ilm o‘rganish maqsadida savol-javoblarni kuzatib boraman va o‘zimga ko‘p foyda olaman. Lekin ba’zi bir savollarni o‘qib hayron qolaman va xafa bo‘laman. Ko‘p odamlar “mening nazdimda” foydasiz savol berishadi. Bu ishi bilan sizni ham bizni ham xafa qilishadi. Men ham o‘zimni aqilli, ilmli deb hisoblamayman, lekin bundek savollar nima uchun beriladi. Mening o‘ylashimcha, savol bilmaganini o‘rganish va xatolarni tuzatish uchun beriladi. Lekin, ba’zida shunday savollarni ko‘ramanki, bu na o‘ziga va na ommaga foyda beradi. Bir taklifim bor edi. Bir video chiqish qilib, odamlarga shu haqda tanbeh berib qo‘yilsa yaxshi bo‘lardi. Bu haqda ogohlantirilmasa odamlar xohlagan savolini beradi. Din bu o‘yinchoq yoki ko‘rsatuv emasku xohlagan savolini bergani. Agar ilmsizlik qilib noto‘g‘ri gapirib qo‘ygan bo‘lsam uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Juda to‘g‘ri aytasiz. Ammo odamlarimiz buni angashmasa, na iloj?
26 May 2022, 17:32 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Juda to‘g‘ri aytasiz. Ammo odamlarimiz buni angashmasa, na iloj?
26 May 2022, 17:32 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar