Ayol eridan qarzdor bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Turmushli, ikki farzandni onasiman, xo‘jayinim "sen mendan qarzdorsan ,mani topganim sanga harom, uyimda yashavossan, ovqatimni evossan, sendan oldingi hayotim yaxshidi, sen bo‘masen yaxshi ede" deb ko‘p urshadilar va uradila, qattiq so‘kib haqorat qiladila. Vaholanki sog‘ligimga, kiyim kechagimga ota-onam qayg‘urshadi, ota-onam yaqinlarim bilan umuman salom-alik qilmaydila, nonim halol bo‘sin deb va o‘zlarini buyruqlari bilan ishga kirdim. Sababi hattoki sog‘limga ham qaramay qo‘ydilar, nafaqa umuman yo‘q, sotay desam na bir dona kumushim bor na tillam, ish pulimni o‘zlari oladilar, oila harajatlariga ishlatiladi, lekin shunda ham sen mendan qarzdorsan degan tanalari qolmadi. Pulimni bermasam, gunohkor bo‘lamanmi? Erga itoatsizlik qilgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni gapingizga binoan eringizni sizdan bo‘lgan qarzlari yillar davomida uzsa ham ado bo‘lmaydigan darajada ekan. Toamingiz, kiyimingiz, yashash joyingiz va oila harajatlaringizni barchasi eringizni zimmasiga vojib. Sizni topganingizni bir tiynida ham haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:29 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush