Jinlarni haydash

Assalomu alaykum! Ahli ilmlar, do‘stimning aytishicha Navoiy viloyatining Nurota tumanida eshonlar, jin tekkan insonlarni qamchisi bilan urib va oyatlardan tilovat qilib ularning jinlarini haydashar ekan. Ushbu jarayondagi qamchi bilan urish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol/86172 عَنْ عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ  رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا نَرْقِي فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، كَيْفَ تَرَى فِي ذَلِكَ؟ فَقَالَ: اعْرِضُوا عَلَيَّ رُقَاكُمْ، لَا بَأْسَ بِالرُّقَى مَا لَمْ يَكُنْ فِيهِ شِرْكٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ Avf ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Johiliyat davrida dam solar edik. Bas: «Ey Allohning Rasuli, bu haqida nima deysiz?» dedik. Shunda u zot: «Menga dam solishingizni ko‘rsating-chi? Modomiki, unda shirk bo‘lmasa, dam solishning hechqisi yo‘q», dedilar». Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Sharh: Avf ibn Molik roziyallohu anhuning «Johiliyat davrida dam solar edik», deyishlaridan Islom kelgungacha bo‘lgan davrda dam solish rivojlanganini tushunib olish mumkin. U vaqtlarda sog‘liq borasidagi deyarli hamma narsa dam solishga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Tib deyarli o‘z mavqe’ini yo‘qotgan, dam solish esa asosan butxona xodimlari tomonidan amalga oshirilib, Alloh taologa shirk keltirishning rivoj topgan bir turiga aylanib qolgan edi. Shuning uchun ham Islomning dastlabki ta’limotlari bilan tanishgan odamlarda o‘z-o‘zidan bu narsaning to‘g‘ri emasligi haqida tushuncha paydo bo‘lar edi. Ana shu tushunchadan kelib chiqib, odamlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning Rasuli, bu haqida nima deysiz?» dedilar. «Shunda u zot: «Menga dam solishingizni ko‘rsating-chi? Modomiki, unda shirk bo‘lmasa, dam solishning hechqisi yo‘q », dedilar». Demak, dam solishga ruxsatning asosiy sharti unda zinhor va zinhor Alloh taologa shirk keltirish bo‘lmasligi zarur ekan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar