Vafot etgan farzandning ulushi

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari!Sizga bir savol bilan murojaat qilmokchi edim. Biz oilada 4 farzand edik: men, ikki opam va eng kattasi akam. Ota-onam hozir tiriklar. Oilamizdagi hamma narsa otam tomonidan qilingan (uy-joy, mashinalar va h.k). Yaqinda akam Allohning irodasi bilan vafot etdilar. Akamning xotini, va voyaga etmagan ikki farzandi etim qoldi. Lekin akamdan bizga na farzandlariga hech narsa qolmagan. Kelinimiz hozir ulush talab qilmokda. Kelinoyimga va farzandlariga otamning mol mulkidan ulush ajratish kerakmi? Va bu shariatimizda bo‘lsa qancha miqdorda bo‘lishi kerak?Javob uchun oldindan rahmat .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Akangiz tirik vaqtida o‘zi merosga ega bo‘lib, ya’ni otangiz vafot etgan bo‘lsa, akangizning haqqini oilasiga beriladi. Otangiz tirik bo‘lsalar, ularning haqi yo‘q.

4 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar