Nogironga begona odam pul berishi
Assalomu alaykum!Men 1-guruh nogironiman. Ko‘chada yurgan paytlarim ba’zi insonlar: «sizni o‘zimga yaqin oldim» deb, ma’lum miqdorda pul berishadi. Men u pulni olmayman. Ba’zan ularga qattiq gapiraman, ba’zan indamay ketaman. Shunday holatda ularga qanday yo‘l bilan berayotgan pullari menga kerak emasligini ularning ko‘nglini og‘ritmasdan tushuntirishim kerak? Axir ko‘chada yurishim menga pul kerak degani emas-ku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadyani qabul qilish sunnat amali. Ortiqchasini qaytarib muhtojlarga tarqatish ham sunnat. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar