Jamoat o‘rtasida nafl o‘qish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Bizda asr, peshin, xufton namozlarida azondan keyin 5-7 daqiqa kutilardi va shu vaqtda nafl namoz o‘qib turar edim. Lekin bir kuni kutilmadi, niyat qilib takbir aytishim bilan iqoma aytildi. Oldingi safda edim. Namozni buzib jamoatga qo‘shildim. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilibsiz. O‘sha buzgan namozingizni qayt o‘qib oling. Nafl namoziga kirishgandan keyin buzilsa uni qayta o‘qish vojib bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar