7 oy oldin taloq desa idda nima bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Menga turmush o‘rtog‘im 7 oy oldin taloq degan. Men sharoit yo‘qligiga vaqtida idda o‘tirolmadim. Iddani xomiladormi yo‘qmi bilish uchun o‘tiradi deb eshitdim. Men xomolador bo‘lmadim, endi xam idda o‘tirishim shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iddani homiladorlikni bilish uchun o‘tirilmaydi. Allohning buyrug‘i bo‘lgani uchun o‘tiriladi. Taloq so‘zi ishlatilgandan keyin uch hayz ko‘rib poklansa o‘z-o‘zidan idda chiqadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar