Nasiya (taqsit) savdosi
Assalomu alaykum! Sotuvchi molni naqdga (1.8 mln) ga baxoladi. Mijoz uni nasiyaga 3 oyga olishini aytdi va sotuvchidan molni nasiyaga xam 1.8 mln ga berishini so‘radi. Sotuvchi rozi bo‘lib, muddat va narx aniq kelishildi. Mijoz 1-oy kelishuv bo‘yicha 600 ming berdi, 2-oy uchun xam o‘z vaqtida 600 ming berdi. Shunda qolgan 3-oyning 600 mingini xam oldindan, ya’ni 2-oyda bera olishini tushundi va sotuvchiga taklif bilan chiqdi. Ya’ni, ilgariroq berayotgani uchun qolgan 600 mingdan yana kamaytirishini so‘radi. Sotuvchi rozi bo‘lib, agar mijoz 2-oyda 3-oyning pulini bersa, 50 ming kam berishi mumkinligini aytdi. Shunda mijoz 550 ming to‘ladi. Shu savdo durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning uchun murobahada har oylik tan narx va foydani belgilab qo‘yish kerak. Shunda tan narxni hammasini va foydadan o‘sha oygachasini oladadi qolganidan kechadi. Nasiya murobahada “Za’ va ta’ajjal”ning hukmi Bir muddatga berilgan qarzda, undan bir hissasini kechish evaziga naqdni shart qilish“Musovama savdosi”da joiz emas. Musovama savdosi – sotuvchi qancha foyda qo‘yayotganini aytmay xaridor bilan savdolashib molni sotishiga aytiladi.Murobaha savdosida sotuvchi muddat evaziga ziyoda qilayotgan narxini haridorga ochiq-oydin aytadi.
Mutaaxxir hanafiy mazhabi olimlari murobaha asosida muddat evaziga bahosini ziyoda qilib qilingan savdoda xaridor belgilangan muddat kelishidan oldin qarzini yopsa yoki vafot etib qolsa, bunday holatda belgilangan muddatgacha necha kun qolgan bo‘lsa, o‘sha kunlar evazidagi narx tark qilinib, qarzini yopgan yoki xaridor vafot etib qolgan kunlar evazidagi bahogina olinadi. Bu haqda Haskafiy rahmatullohi alayh shunday degan: قَضَى الْمَدْيُونُ الدِّينَ الْمُؤَجَّلَ قَبْلَ الْحُلُولِ أَوْ مَاتَ فَحَلَّ بِمَوْتِهِ فَأَخَذَ مِنْ تَرِكَتِهِ لَا يَأْخُذُ مِنْ الْمُرَابَحَةِ الَّتِي جَرَتْ بَيْنَهُمَا إلَّا بِقَدْرِ مَا مَضَى مِنْ الْأَيَّامِ وَهُوَ جَوَابُ الْمُتَأَخِّرِينَ قُنْيَةٌ وَبِهِ أَفْتَى الْمَرْحُومُ أَبُو السُّعُودِ أَفَنْدِي مُفْتِي الرُّومِ وَعَلَّلَهُ بِالرِّفْقِ لِلْجَانِبَيْنِ “Qarzdor vaqti kelishidan oldin qarzini to‘lasa yoki vafot etib qolsa, o‘lishi bilan nasiya naqd to‘lashga aylanadi. Vafot etganning merosidan oladigan bo‘lsa, molni ustiga qo‘ygan foydasidan o‘tgan kunlarni miqdorichasinigina oladi. Bu mutaaxxir ulamolarning javobidir. “Quniya”da shunday deyilgan. Rum muftiysiy Abu Sa’ud shunga fatvo bergan. Fatvoni tomonlarga foydali ekani bilan illatlagan” (Raddul muxtor).
Buni suvratini Ibn Obidiyn rahmatullohi alayh bayon qilib, shunday degan: اشْتَرَى شَيْئًا بِعَشَرَةٍ نَقْدًا وَبَاعَهُ لِآخَرَ بِعِشْرِينَ إلَى أَجَلٍ هُوَ عَشَرَةُ أَشْهُرٍ ، فَإِذَا قَضَاهُ بَعْدَ تَمَامِ خَمْسَةٍ أَوْ مَاتَ بَعْدَهَا يَأْخُذُ خَمْسَةً ، وَيَتْرُكُ خَمْسَةً “Murobahadan o‘tgan kunlarning miqdorichasini oladi degan masalaning suvrati shuki, bir kishi naqdga o‘n so‘mga bir narsa sotib olsa va boshqasiga ma’lum muddatga, ya’ni o‘n oyga nasiyaga yigirmaga sotsa, xaridor besh oy o‘tgandan keyin uning narxini to‘lasa yoki besh oy o‘tgandan keyin vafot topsa, sotuvchi sotilgan mol ustiga qo‘ygan foydadan beshini olib, beshidan voz kechadi” (Raddul muxtor).
Shu masalaning ayni o‘zini “Tanqihul fatavo al-Homidiya”da quydagicha zikr qilingan:سُئِلَ فِيمَا إذَا كَانَ لِزَيْدٍ بِذِمَّةِ عَمْرٍو مَبْلَغٌ دَيْنٌ مَعْلُومٌ فَرَابَحَهُ عَلَيْهِ إلَى سَنَةٍ ، ثُمَّ بَعْدَ ذَلِكَ بِعِشْرِينَ يَوْمًا مَاتَ عَمْرٌو الْمَدْيُونُ ، فَحَلَّ الدَّيْنُ وَدَفَعَهُ الْوَارِثُ لِزَيْدٍ ، فَهَلْ يُؤْخَذُ مِنْ الْمُرَابَحَةِ شَيْءٌ أَوْ لَا؟ الْجَوَابُ جَوَابُ الْمُتَأَخِّرِينَ : أَنَّهُ لَا يُؤْخَذُ مِنْ الْمُرَابَحَةِ الَّتِي جَرَتْ الْمُبَايَعَةُ عَلَيْهَا بَيْنَهُمَا إلَّا بِقَدْرِ مَا مَضَى مِنْ الْأَيَّامِ قِيلَ لِلْعَلَّامَةِ نَجْمِ الدِّينِ : أَتُفْتِي بِهِ ؟ قَالَ : نَعَمْ كَذَا فِي الْأَنْقِرْوِيِّ وَالتَّنْوِيرِ ، وَأَفْتَى بِهِ عَلَّامَةُ الرُّومِ مَوْلَانَا أَبُو السُّعُودِ. “Zaydning Amrni zimmasida ma’lum bir haqqi bor edi. Amr bilan bir yilga murobaha savdosini qilishdi va yigirma kundan keyin qarzdor Amr vafot topdi. Qarzdor vafot topishi bilan nasiya savdo naqdga aylanadi. Shunga binoan Amrning merosxo‘rlari Zaydga qarzni to‘lashdi. Bundan shunday savol kelib chiqadiki, Zayd bir yilda oladigan haqqining hammasini Amr vafot topganligi uchun yigirma kunda olishi joizmi?
Javob: Mutaaxxir ulamolar Zayd bilan Amr o‘rtasidagi murobaha savdosidan o‘tgan kunlarni miqdoricha, ya’ni yigirma kunni foydasini olishlari joiz bo‘ladi, deganlar. Alloma Najmiddin rahmatullohi alayhga siz shunga fatvo berasizmi deb aytilganda, u kishi "Ha" deb javob berganlar. “Anqaraviy” va “Tanviyr”da ham shunday deyilgan. Rum olimi Mavlono Abu Sa’ud ham shunga fatvo berganlar” (Raddul muxtor).
Hanafiy ulamolarning mutaaxxirlari tomonidan bunday fatvo berilishiga sabab, naqd bilan nasiyada nasiya mustaqil qiymatga ega bo‘lmasada, zimnan va tobelik jihatidan muddat muqobiliga narx belgilanishligi joizdir. Bu huddi hayvonlarning homilasi mustaqil sotilmagani bilan homilador hayvonni homilador bo‘lmagan hayvonga nisbatan narxi qimmatroq bo‘lishiga o‘xshaydi. Chunonchi, bir necha narsalarning o‘zini savdosi joiz emas. Lekin, boshqa narsalarga qo‘shib sotilganda joiz bo‘lib ketaveradi. Murobaha savdosida ham ma’lum muddat evaziga foyda qo‘yish joizdir. Bu go‘yoki sotiladigan molni sifati darajasida bo‘ladi. Shuning uchun xaridor to‘lov muddatidan ilgari molning narxini to‘lasa yoki xaridor vafot topsa, molning sifati nuqsonlik bo‘lib qoladi. Shuning uchun to‘lanayotgan narxning miqdori muddat evaziga kamaytiriladi.
Ibn Obidin rahmatullohi alayh ushbu masalani illatini bayon qilib shunday deganlar: وَوُجِّهَ أَنَّ الرِّبْحَ فِي مُقَابَلَةِ الْأَجَلِ ، لِأَنَّ الْأَجَلَ وَإِنْ لَمْ يَكُنْ مَالًا ، وَلَا يُقَابِلُهُ شَيْءٌ مِنْ الثَّمَنِ لَكِنْ اعْتَبَرُوهُ مَالًا فِي الْمُرَابَحَةِ إذَا ذُكِرَ الْأَجَلُ بِمُقَابَلَةِ زِيَادَةِ الثَّمَنِ ، فَلَوْ أَخَذَ كُلَّ الثَّمَنِ قَبْلَ الْحُلُولِ كَانَ أَخْذُهُ بِلَا عِوَضٍ وَاَللَّهُ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى أَعْلَمُ “Murobaha savdosida foyda muddatni muqobilida bo‘ladi. Chunki, muddat o‘zi mustaqil mol deyilmasa va uning evaziga moldan biror narsa evaz bo‘lmasada, lekin ulamolar murobahada muddatni mol deb e’tibor qilganlar. Qachon, muddatni evazida narxni ziyoda qilish zikr qilinsa, agar qarzdor to‘lov muddati etib kelishidan avval molni narxini hammasini to‘laligicha to‘lasa, to‘lash muddati etib kelmagan miqdorini biror bir evazsiz olgan bo‘ladi” (Raddul muhtor).
Shuning uchun murobaha hamda taqsit savdosida bir kishi o‘n so‘mlik narsani bir yil muddatga yigirma so‘mga sotsa, xaridor muddatidan ilgari, ya’ni olti oyda narxni hammasini to‘lasa, sotuvchi uni olishga haqqi bor. Lekin, mutaaxxir ulamolarning fatvosiga ko‘ra olmagani afzaldir.
Savol: «Bir oyda berishing kerak bo‘lgan mablag‘ni, masalan, 1000ni hozir bersang, bir qismini, aytaylik, 100ini kechdim», desa, shar’an joizmi?
Javob: Bu masala shariatda "ضع و تعجَّل" za’ va ta’ajjal, ya’ni «ma’lum bir qismini kechgin, naqd to‘layman» deyiladi. Bizning mazhabimizda bu masala nasiya savdosiga tegishli bo‘lib, bir kishi biror narsasini ma’lum muddatga, masalan, bir yilga 1000ga sotib, muddati etib kelmasidan, bir yilgacha kutishni xohlamay, misol uchun, «900 naqd bersang, 100ni kechdim», deyishi yoki xaridor «900 naqd beraman, 100ni kechgin», deyishi shar’an joiz emas. Bu ribo hisoblanadi. Ribo faqat muddati o‘tib ketgani uchun foiz qo‘shib berishdagina emas, balki muddati etib kelmasidan naqd bersa, kechib yuborishda ham bo‘ladi. Muddati etib, to‘lashi vojib bo‘lganidan keyin sotuvchi xaridorga «1000dan 100ini kechdim», desa yoki xaridor «Iltimos, 100ni kechsangiz», desa-yu, xaridor kechib yuborsa, zarari yo‘q.
Naqd savdoda esa kechib yuborish ribo sanalmaydi («In’omul Boriy»). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 239 | Moliya va tijorat