Mayyit ko‘milganidan keyin
Assalomu alaykum! "Bir odamni ota-onasi vafot kilsa va mayit erga qo‘yilgandan keyin, odamlar 7 qadam siljigandan keyin, farzandi uni xaqiga tilovat qilsa, mayitning savol-javobi oson bo‘ladi va qabr azobidan qutiladi" degan mazmunda xadis bormi? Bo‘lsa to‘liqroq bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xadisda quyidagicha keladi: عَنْ عُثْمَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا فَرَغَ مِنْ دَفْنِ الْمَيِّتِ، يَقِفُ عَلَيْهِ، وَقَالَ: اسْتَغْفِرُوا لأَخِيكُمْ، وَاسْأَلُوا اللهَ لَهُ التَّثْبِيتَ، فَإِنَّهُ الآنَ يُسْأَلُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْبَيْهَقِيُّ Usmon roziallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitni dafn qilib bo‘lgach, biroz turardilar va “Unga istig‘for aytinglar, Allohdan unga sabot so‘ranglar, zero u hozir so‘roq qilinadi”, der edilar”.
Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyati.
Shuningdek, ulamolar qabr ustida Qur’on tilovati qilishni ham yaxshi sanaganlar. Bizda esa “Mulk” surasini qiroat qilish odat bo‘lgan. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U (Taborak surasi) man’ qiluvchidir. U najot beruvchidir. Unga qabr azobidan najot beradi”, deganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 06:36 | Savol-javoblar | 165 | Hadislar