Aeraportda ruxsat yo‘q narsa

Assalomu alaykum! Men rossiyaga aeraportda ishlagani keldim. Kvartiradagi sheriklarim xam ishlaydi ishdan uyga qaytishda shanpun sovun reksona atir yog‘ saryog‘ ketchup mayonez asal kofe shunday maxsulotlarni ruchnoy olib ketishga va olib kirishga ruxsat yo‘q xodimlar tomonidan musrga chiqartiradi. Bularni olib kelib istemol qilish va ishlatish qanaka bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar aynib qoladigan narsalar bo‘lsa, taxminiy qiymatini savob umid qilmasdan sadaqa qilasiz va istemol qilishingiz mumkin. Ular o‘zlarining ichki qoidalari bilan o‘sha narsalarni odamlardan g‘asb qilib olishadi. Aniqki u narsalarni egalari rozi bo‘lishmaydi. عن عمرو بن يثربي  رضي الله عنه  قال: قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لا يحل مال امرئ مسلم إلا بطيب نفس منه  Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:17 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar