Islom dinidan boshqa dindagilar dam solish
Assalomu alaykum! Bolalaga juda tez ko‘z tegadi va shunga o‘xshash xolatla ko‘p bo‘ladi. Shunaqa xolatlada boshqa din vakillari yosh bolalariga bizani din ya’ni islom dini ulamolariga dam soldirishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Isro" surasida marhamat qiladi: وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاء وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ وَلاَ يَزِيدُ الظَّالِمِينَ إَلاَّ خَسَارًا82. Qur’onni mo‘minlar uchun shifo va rahmat o‘laroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas.
Darhaqiqat, Qur’oni Karim shifodir, Qur’oni Karim rahmatdir. Qur’oni Karim kufr, shirk va munofiqlik kabi eng zararli aqiydaviy xastaliklarni davolaydi.
Qur’oni Karim qalblardagi turli illatlarning – hiqdu hasad, baxillik, manmanlik, mutakabbirlik va boshqa kasalliklarning shifosidir.
Qur’oni Karim turli axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, muomalaviy, siyosiy va boshqa kasalliklarga shifo bo‘ladi.
Turli dardlarga davo bo‘luvchi bu shifoni borliqqa nozil qilgan Zot borliqni O‘zi yaratgan va unga qanday shifo kerakligini ham yaxshi biladi. Bu dunyo turli moddiy va ma’naviy kasalliklarga to‘lib-toshgan kasalxona bo‘lsa, o‘sha kasalxonaning bosh tabibi Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bu hammabop davoni Alloh taoloning O‘zi nozil qilgandir.
Shuningdek, Qur’oni Karim mo‘minlar uchun rahmat hamdir. U har bir narsada – shaxsiy, aqiydaviy, oilaviy, ijtimoiy, xalqaro, siyosiy, iqtisodiy, sihhiy va boshqa sohalarda rahmatdir. Unga amal qilganlar har taraflama rahmatga sazovor bo‘ladilar.
Qur’oni Karimning mazkur shifolaridan davo olish uchun, u orqali mazkur shomil rahmatga noil bo‘lish uchun mo‘min bo‘lish kerak. Mo‘min bo‘lmagan odam bu narsalardan mahrumdir.
«U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas».
Zolimlar sof fitratga zulm qilib, iymon o‘rniga kufr keltirganlardir. Ular iymonga chaqiruvchi Qur’on oyatlariga iymon keltirmaganlari va amal qilmaganlari uchun, gunohlari, ziyonlari ziyoda bo‘lib boraveradi. Unday inson shifodan va rahmatdan benasib bo‘ladi. U doimo ziyon ustiga ziyon ko‘rib boraveradi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:37 | Savol-javoblar | 143 | Islam