Oiladagi irmlar

Assalomu alaykum! Bir inson bir xolatni so‘zlab berdi. Xullas bir oilada shunday irm bor ekan uydagi kelin qiz tavoqdagi ovqatni oxirini eyishi yomon bo‘lar emish. Nima bo‘ladi deb so‘rasa kelin shu ovqatni oxirini esa qaynonasini o‘limini so‘ragan bo‘larmish. Ichlaridagi dindan xabari bor inson bu gap yo‘q desa xar doim shu narsada ustidan tortishar ekanlar. Shu narsaga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Unday narsa yo‘q. Bu kelin bilan qaynonani urishtiradiganlar to‘qib chiqargan narsa. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tovoqni tozalab qo‘yishga buyurganlar. Buni kim qilishining hech qanday ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar