Gen injenerligi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirgi kunda gen muhandisligi juda keng tarqalmoqda. Xususan o‘simliklar va hayvonlarda ko‘p qo‘llaniladi. Bunda inson ehtiyojlariga moslab ularning ichki va tashqi belgilari o‘zgartiriladi. Masalan, paxta o‘simligida uning uzun tolalilik, ko‘saklarning yirik bo‘lish, suvsizlikka chidamlilik, bo‘yining baland va serhosillilik, barglarini kimyoviy ishlovsiz to‘ka olishlik kabi genlar bir o‘simlikda yig‘ilib, tabiatda mavjud bo‘lmagan o‘simlik navi kashf etiladi. Yoki qoramollarda go‘shtdorlik, sersutlik va sutning yog‘lilik darajasini belgilovchi genlar bir hayvonda mujassamlashtiriladi va yangi zot olinadi. Bu kabi ishlarga shariat nima deydi? Bu Alloh yaratganini o‘zgartirishga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ishlarga shariat ruxsat bergan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki shoxdor, bichilgan ola qo‘yni qurbonlik qilganlar. Sahobalar o‘zlarini bichib olishni so‘raganlarida qattiq qaytarganlar. U zot ko‘rib, bila turib hayvonlarni bichishdan qaytarmaganlar. Shuningdek Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarida xachir minganliklari ham zikr qilingan. Odatda xachir deb, ot bilan eshakning chatishmasidan tug‘ilgan jonivorga aytiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:59 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar