Taxoratda burundan qon kelishi

Assalomu alaykum! 1). Taxoratda burunga suv olib qoqib tashlaganimga qon ko‘rinmaydi, taxoratdan keyin burunga paxta tiqib ko‘rsam paxta qon bo‘ladi. Bu xolatda xam paxta tiqiladimi? 2) paxta burunga tiqilgan xolatda nafas o‘tmaydigan darajada paxta qo‘yilishi shartmi yoki xavo o‘tib tursa bo‘ladimi? 3) taxoratdan keyin burundan suv tushadi qon emas paxtadan o‘tib bu xolatda taxorat sinmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Burunga paxta solib ko‘rganda u oqadigan miqdordagi qon bilan chiqsa tahorat singan bo‘ladi.2). Havo o‘tib turishi mumkin. Qon burunning yumshoq joyigacha oqishidan man qiladigan darajada bo‘lsa bo‘ldi.3). Burundan suv chiqishi tahoratni sindirmaydi. Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 175 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar