Olovda pishgan taom esa taxorot buziladimi
Assalamu alaykum! Sunani Termiziy 58-BOB MAVZU: OLOVDA PIShGAN TAOM (EYISh) TUFAYLI TAHORAT LOZIMLIGI 79. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi: u dedi: «Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Olov tekkan hamma narsa, hatto pishloq parchasi (eyish) tufayli ham tahorat olish lozim bo‘ladi», - deb aytdilar. Shunda Ibn Abbos: «Yo Abo Hurayra! Yog‘ (eyish) tufayli ham tahorat olamizmi? Qaynoq suv (ichish) tufayli ham tahorat olamizmi?..» — deb so‘radi. Shunda Abu Hurayra aytdi: «Ey birodarzodam! Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir hadis eshitdingmi, unga misol tonishga urinma!».Savolim: olovda pishgan taom esa taxorot buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisning sharhini o‘qish kerak. Quyida shu mavzuga oida hadislarni beramiz:عَنِ الْبَرَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْوُضُوءِ مِنْ لُحُومِ الْإِبِلِ فَقَالَ: تَوَضَّئُوا مِنْهَا، وَسُئِلَ عَنْ لُحُومِ الْغَنَمِ فَقَالَ: لَا تَوَضَّئُوا مِنْهَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tuyaning go‘shtidan tahorat qilish haqida so‘raldi.
U zot:
«Undan tahorat qilinglar» dedilar. Qo‘yning go‘shti haqida so‘raldi. U zot:
«Undan tahorat qilmanglar», dedilar».
Abu Dovud, Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisning zohiriy ma’nosidan tuyaning go‘shtini egan odamning tahorati ketadi. Lekin bu hadis ma’lum vaqt va ma’lum sabab uchun aytilgan va keyin nasx bo‘lib, amaldan qolgan. عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الوُضُوءُ مِمَّا مَسَّتِ النَّارُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Olov tekkan narsadan tahorat», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Avvalo hadisning roviysi Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik:
Zayd ibn Sobit ibn Zahhok Ansoriy al-Xazrajiy, kunyalari Abu Sa’iyddir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Payg‘ambar qilib yuborilganlarida bu kishi 6 yoshda edilar. O‘sha yili u kishining otalari vafot etadi. Badr g‘azotida qatnashmoqchi bo‘lganlarida yoshlari kichkina bo‘lgani sababli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytarib yuboradilar. Uhud g‘azotida qatnashganlari to‘g‘risida ixtiloflar bor. Xandaq g‘azotida qatnashib, xandaq qazish, tuproq tashish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni ko‘rib, «Bu bola muncha ham yaxshi», deb marhamat qiladilar.
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vahiy kotiblaridan edilar. Vahiylarni yozib olish bilan birga, yodlab ham borar edilar. Qur’onning hammasini yodlab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘tkazib chiqqan uch nafar ansorlarning biri edilar.
Abu Bakr va Usmon roziyallohu anhumlarga Qur’oni Karimni mushaf holatiga keltirib, yozib bergan kishi ham shu zot edilar.
Bu kishi fiqh, meros, qiroat ilmlarida etuk olimlardan edilar. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zayd bu ummatning ilm dengizidir», deb marhamat qilganlar.
Shuningdek, yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Faroiz ilmlarini ichlaringizda Zayd ibn Sobit yaxshi biladi», deb aytganlar.
Xalifa Umar roziyallohu anhu agar Madinadan haj qilishga yoki biror safarga otlansalar, Zaydni o‘z o‘rinlariga xalifa qilib ketar edilar. Usmon roziyallohu anhu ham shunday qilganlar.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu u kishidan dars olar edilar. Bir kuni Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu chiqib, otlariga minmoqchi bo‘lsalar, Ibn Abbos otning jilovidan ushlab turgan ekanlar. Zayd bundan qaytaribdilar. Shunda Ibn Abbos: «Ulamolarimizni shunday hurmat qilishga buyurilganmiz», debdilar. Zayd esa Ibn Abbosning kaftlaridan ushlab, o‘pib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilalariga shunday muomalada bo‘lishga buyurilganmiz», degan ekanlar.
Zayd vafot etganlarida Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Bugun ummatning olimi vafot etdi, shoyadki, Alloh taolo uning o‘rniga Ibn Abbosni o‘rinbosar qilsa edi», deb duo qilgan ekanlar.
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu hammasi bo‘lib 92ta hadis rivoyat qildilar. Bu zotdan Ibn Umar, Ibn Abbos, Abu Hurayra, Anas ibn Molik, Sahl ibn Hunayf, Abu Sa’iyd al-Xudriy va bosh¬qa ulug‘ sahoba roziyallohu anhumlar rivoyat qilganlar.
Bu zot hijratning 45-yili vafot etdilar. Vafotlari munosabati bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shoirlari Hasson ibn Sobit bu kishiga marsiya o‘qidilar.
U kishi rivoyat qilgan olov tekkan narsadan murod, olovda pishgan go‘shtdir. Bu ham avvalgi hadis kabi nasx bo‘lib, amaldan qolgan hadislardan hisoblanadi. Bu ma’noni quyida keladigan hadis amalga oshirgan va tasdiqlagan. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَكَلَ كَتِفَ شَاةٍ ثُمَّ صَلَّى وَلَمْ يَتَوَضَّأْ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘yning kiftini edilar va namoz o‘qidilar, tahorat qilmadilar».
Uchalalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadis oldingi hadisni nasx qilib, amaldan qoldirgan. Shuning uchun ham musulmon ummati qadimdan hozirgacha hech shubhalanmasdan olovda pishirilgan narsalarni tanovul qilganlar va qilmoqdalar.عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ آخِرُ الْأَمْرَيْنِ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَرْكَ الْوُضُوءِ مِمَّا غَيَّرَتِ النَّارُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu ikki ishning oxirgisi (amal qilingani) olov o‘zgartirgan narsadan tahorat qilmaslik bo‘lgan edi».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Har xil rivoyat kelganidan ikkilanib, qaysi biriga amal qilish kerak ekan, degan xayolga bormaslik kerak. Sobit va aniq bo‘lgani Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan oxirgi amal qilingani – tuyaning go‘shti va olovda pishgan go‘shtni egandan keyin tahorat qilmaslikdir. Bu hukmni ulamolar jumhuri, jumladan, to‘rt mazhab bir ovozdan joriy qilganlar.
Hanafiy mazhabi bo‘yicha inson badanidan oqqan qon ham tahoratni ketkazadi. Bunga dalil quyidagi hadislar:
1. Imom Ibn Moja Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda:
«Kim namozda qayt qilsa yoki burni qonasa, burilib chiqsin, tahorat qilsin va gapirmagan bo‘lsa, namozini kelgan joyidan o‘qib ketsin», deyilgan.
2. Imom Dora Qutniy Tamiym ad-Doriy ro¬ziyal¬lohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:
«Har bir oqqan qondan tahorat», deyilgan.
3. Dora Qutniy Abu Hurayra roziyallohu an¬hudan rivoyat qilgan hadisda:
«Bir qatra yoki ikki qatra qondan tahorat yo‘q, magar oqqan qon bo‘lsa, bor», deyilgan.
Bulardan boshqa hujjatlar ham bor. Demak, Hanafiy ulamolari qon chiqsa, tahorat ketadi, degan gapni o‘zlari to‘qib chiqargan yoki havodan olgan emaslar. Balki hadisi shariflar bilan tasdiqlaganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar