Ota-onani murosaga keltirishda farzandlarning vazifalari

Assalomu alaykum! Mening otam va onam oliy ma’lumotli insonlar bo‘lib, ular deyarli 32 yildan beri birga yashab kelishmoqda, 4 nafar nevaralari bor. Otamning kasbi sababli Ular hozirda ikkalalari Toshkentda istiqomat qilishmoqda. Otam 10 yildan buyon spirtli ichimliklarga ruj’u qo‘ygan, onam bilan deyarli har kuni janjal bo‘ladi, juda uyatsiz so‘zlar aytiladi. Otam onamga meni ko‘nglimga qara deydi, onamning esa samimiy va mehr bilan dadamga xizmat qilish xohishi yo‘q, dadamdan zerikkan, noilojlikdan otam bilan birga yashaydi, Ularni ham joniga tekkan. Orada qaytadan nikoh ham o‘qitildi. Namozlarimizda doimiy Allohdan yaxshiliklar so‘ramoqdamiz. Mazkur masalada biz farzandlarga nima maslahat berasiz, qaysi yo‘lni tutaylik, ota-onamiz bir-birlarini ado qilishmoqda, ayniqsa onam qiynalmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alohida uy olib chiqarib qo‘yinglar. Xotin erni cho‘risi, er uning ustida xohlaganini qiladi degani emas. Shariat chegarasidan chiqmasdan xohlagandek yashashga haqqi bor. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar