Ruxsat berasizmi?

Assalomu alaykum, shayx xazratlari va ushbu veb-sayt ma’murlari.Men kupincha www.islom.uz portalining xar kaysi bulimlarini planshet uskuna orkali kirib ukiyman. Xozirda xammani yaxshi xabari bulganidek, kompyuter brauzerlari uchun moslashtirilgan veb-saytlarni planshet uskunada ukish doim kiyinchilik tugdiradi. Masalan, shu savollar.islom.uz saytini planshet brauzerida ochsam saxifadagi linklarni bosishda (planshetda saxifa linklari mayda kuringanligi uchun) ancha kiynalaman.Uz kasbimga va kizikishimga kura ushbu veb-saytni planshetlar uchun mos ravishda formatlab, umuman boshka formatda chikarib beradigan saytni ishga tushirishim uchun sizlardan ruxsat suramokchiman. Sayt xakida ozgina ma’lumot, kilinadigan sayt HTML teglarini parse (saralab oluvchi) funktsiyaga ega bulgan dastur kurinishida buladi. U uzida xech kanday ma’lumot saklamay, matnni uzgartirmagan xolda balki xarflarini va kurinish uslubini planshetlarga mos kilib ukuvchilarga etkazib berishni nazarda tutadi. Men bu ish bilan uzimga uxshagan planshet uskunaga ega sayt ukuvchilariga begaraz yordam bermokchiman. Keyinchalik xuddi shu vositachi saytni Android telefonlari uchun dastur kurinishida ishlab chikmokchi bulsamchi? Sizlardan yana ruxsat surashim kerak buladimi? Men mualliflik xukukini buzmagan xolda, saytdagi ma’lumotlar matnini uzgartirmagan xolda ukuvchilarga telefon dasturi yoki vositachi veb-sayt kurinishida ishlab chikmokchiman.Oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling! Biz maslahat qilib ko‘ramiz. Siz portal mudiri bilan aloqa bog‘lang.

4 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar